Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon reytingi: O‘zbekiston 12-o‘rinda
Shveysariyaning «IQAir» monitoring guruhi havo ifloslanishi bo‘yicha mamlakatlar reytingini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, dunyo davlatlari orasida Bangladesh eng iflos havoga ega bo‘lgan mamlakat sifatida birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi o‘rinda Chad, uchinchi o‘rinda Pokiston qayd etilgan.
Eng toza havo Yangi Kaledoniya orolida bo‘lib, undan keyingi o‘rinlarni Virjiniya orollari hamda Puerto-Riko zabt etgan. Bu hududlarning poytaxtlari ham havo tozaligi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda qayd etilgan.
O‘zbekiston davlatlar orasida 12-o‘rinni, havosi ifloslangan poytaxtlar reytingida esa Toshkent 10-o‘rinni egalladi.
Ma’lum qilinishicha, Markaziy Osiyo davlatlari ichida Tojikiston va Qirg‘iziston O‘zbekistondan oldinda, Qozog‘iston esa pastroqda joylashgan.