Hayvon organlarini odamga ko‘chirib o‘tkazish mumkinmi?

Moskva fizika-texnika instituti olimlari va xitoylik tadqiqotchilar Shanxayda irsiy modifikatsiyalashgan hayvonlar yaratish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Ularda yetishtirilgan organlarni kelajakda inson organizmiga ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Xitoylik sarmoyadorlar hozirda loyihaga 57 million dollar ajratdi.

Rossiyalik olimlar allaqachon cho‘chqalarda odamlarga asqotadigan o‘nlab yo‘nalishda irsiy moditsikatsiyalash ishlarini olib borishmoqda. Hozirda ular cho‘chqalardagi organlarni odam organizmiga ko‘chirib o‘tqazishni tajriba qilib ko‘rishyapti. Moditsikatsiyalashgan cho‘chqa organizmida insonda immunitet yetishmovchiligi, saraton va jigar kasalliklariga qarshi dorilarni sinab ko‘rish ham mumkin.

«Mir novostey», 2020 y 35-son. T.MUROD tayyorladi.