Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi
3 dekabr — Xalqaro nigironlar kuni munosabati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida bir qator xayriya tadbirlari qilinyapti.
Jumladan, viloyatdagi 60 nafar fuqaroga 22,0 mln so‘mlik, shundan 6 nafariga nogironlik aravachalari, 55 nafariga esa ehtiyojiga ko‘ra kiyim-kechak mahsulotlari berildi.
Shuningdek, xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining tegishli qaroriga asosan fondning Samarqand shahar bo‘linmasi qoshida tashkil qilingan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamidan kattalar va bolalar uchun mo‘ljallangan 53 dona nogironlik aravachalari xarid qilish uchun 79,3 mln so‘m, 30 dona kattalar eshitish moslamasi xarid qilish uchun 40,5 mln so‘m hamda 12 dona yurish moslamasi (xodunok) xarid qilish uchun 7,6 mln so‘m, jami 127,4 mln so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.
– Oltmish olti yoshdaman va hozirgi kunda ko‘zlarim ojizligi uchun nogironlik aravachasiga ehtiyojim bor edi, - deydi Samarqand shahridagi Humo mahallasida yashovchi A’lam Eshonqulov. - Bunday e’tibordan mamnun bo‘ldim.
Bu kabi xayriya tadbirlari fondning hududiy bo‘linmalari tomonidan viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.
“Mahalla”xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘lim boshqaruvi axborot xizmati