Hindistonlik milliarder Mumbay xarobalarini zamonaviy markazga aylantirmoqchi, aholi esa xavotirda
Adani Group sanoat konglomerati egasi Gautam Adani Mumbaydagi Hindiston va Janubiy Osiyodagi eng yirik Dxaravi xaroba hududini zamonaviy shahar markaziga aylantirish uchun qayta qurishni boshlash niyatida ekanligini aytgan.
Mumbay shahar korporatsiyasi shu hafta boshida Adanining Dxaravini qayta qurish tenderida g‘alaba qozonganini tasdiqladi, 253 gektarlik ulkan xaroba hududi o‘rnida yangi turar-joylar qurish uchun 50 milliard rupiy (619 million dollar) sarmoya kiritdi.
Adani guruhiga ishlarni amalga oshirishga hudud kulbalarida yashovchi 1 million kambag‘alni ko‘chirish zarurati to‘sqinlik qilmoqda. Dxaravi aholisi qayta qurish rejalaridan xavotirda. Xaroba kulbalar o‘rnida ko‘p qavatli uylar qurilsa, uy-joy ijarasi narxi ko‘tarilib, kam ta’minlangan aholining bunga qurbi yetmaydi.
Mumbayning g‘ayrioddiy hududi, sodda qilib aytganda, aholi zichligi juda yuqori bo‘lgan xaroba hudud - Dxaravi ko‘plab mukofot va "Oskar"ga sazovor bo‘lgan, 2008 yilda chiqqan “Xarobgohdan chiqqan millioner ” filmi chiqqandan keyin shuhrat qozongan.