Hindistonning "O.P. Jindal Global University" vakillari Samarqand davlat chet tillar institutida tajriba almashdi

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlari, ilmiy-tadqiqot sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish, madaniyat va ta’lim sohasida tajriba almashish bo‘lib, bu talabalarga xalqaro darajadagi bilimlarni egallash imkoniyatini taqdim etadi. Tashrif davomida mehmonlar institut faoliyati, o‘quv jarayoni va ilg‘or metodikalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash uchun aniq chora-tadbirlarni belgilab oldilar va kelgusida qo‘shma ilmiy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazish va xalqaro grant dasturlarida ishtirok etishni rejalashtirdi. Ushbu tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin.

Nilufar Sulaymonova,

SamDChTI ingliz tili nazariyasi kafedrasi mudiri.