SamDChTIning jurnalistika yo‘nalishiga o‘qishga kiruvchi abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihondan o‘tmoqda

Samarqand davlat chet tillar institutida 2025-2026 o‘quv yili uchun jurnalistika: xalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishi uchun kasbiy (ijodiy) imtihon boshlandi.
Dastlab imtihon jarayonini O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati bosh muharriri F.Toshev ochib berdi hamda abituriyentlarga omad tiladi.
Ijodiy imtihon O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kafedra mudiri, dotsent Y.Zohidova raisligida olib borilyapti. Sinov yozma (ijodiy insho) va suhbat tarzida tashkil etiladi.
Imtihonning adolatli, shaffof o‘tkazilishi uchun Samarqand davlat chet tillar instituti ma’muriyati tomonidan barcha chora-tadbirlar ko‘rilgan. Imtihon jarayoni ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli uzatilmoqda. Bundan tashqari, institut hovlisida o‘rnatilgan katta monitor orqali ota-onalar farzandlarining imtihon topshirish jarayonini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Jurnalistika: xalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishiga 140 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, ular dastlab ijodiy imtihondan o‘tadi. So‘ngra ikkinchi bosqich, ya’ni test sinovlarida qatnashadi. Ikkala imtihon natijalari to‘planib, eng yuqori ball olgan 25 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinadi.