Hokim maktabning yangi binosi qurilishini qo‘llab-quvvatladi

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Saidahmad Usmonovning Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktablardagi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishuvi davom etmoqda.

Jumladan, S.Usmonov tumandagi mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan bunyod etilayotgan Murtak qishlog‘idagi 56-maktabining 240 o‘rinli qo‘shimcha binosi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Bugunga qadar murtaklik o‘quvchi-yoshlar 56-maktabning 120 o‘rinli eski maktab binosida tahsil olardi. Shu yerda istiqomat qilib kelayotgan onaxon Holida Eshquvvatova tuman hokimi A’zamxon Bahromovga murojaat qilib, o‘quvchilar uchun keng va zamon talablariga mos keladigan yangi binoga ehtiyoj sezilayotganini bildirgan. Ushbu xayrli tashabbusni tuman hokimi qo‘llab-quvvatladi va o‘zining amaliy yordamini ayamadi.

Ayni paytda maktabning yangi qo‘shimcha binosi qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.