Hozir: litsey va kollej o‘quvchilari “Dinamo”da bellashishmoqda (fotojamlanma)

Viloyat favqulodda vaziyatlar, xalq ta’limi, o‘rta va maxsus ta’lim boshqarmasi, sog‘liqni saqlash boshqarmalari, yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 ta jamoa favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasiga oid savol-javoblar, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, arqon yordamida maxsus tugunlar tugish va ular yordamida balandlikka ko‘tarilish, dala sharoitida chodir yopish hamda to‘siqlar osha yugurish shartlari bo‘yicha bellashmoqda.