Hududlarda yetarli miqdorda koronavirusni aniqlovchi test-tizimlar mavjudmi?

➖ Hozirgi kunda respublikamizga yetarli miqdorda zamonaviy laborator asbob-uskunalar keltirilgan. Va, bu jarayon davom etyapti. Ushbu analizatorlarda ishlash uchun mutaxassislar tayyorlash jarayoni bir kun ham to‘xtamagan. Epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlari, viloyatlarda tumanlararo laboratoriyalar, Respublika OITSga qarshi kurash markazi va uning hududiy filiallari, Respublika bo‘ylab COVID-19 ga chalingan bemorlarni davolovchi klinikalar yetarli miqdorda test-tizimlar bilan ta’minlangan.

Maxsus komissiya tomonidan kerakli sharoitlarga ega bo‘lgan xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatuvchi laboratoriyalarga ham koronavirusni aniqlovchi PZR, IFA va IXLA tahlillarini o‘tkazish huquqi berilgan, deb javob berdi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda.