Idishlarni noto‘g‘ri yuvish saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin

Xitoyning WeChat platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, saraton kasalligi odatiy kundalik mashg‘ulot - idishlarni yuvish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Maqola muallifining ta’kidlashicha, saraton kasalligining 23 foizdan ortig‘i Xitoyga to‘g‘ri keladi.

Maqolada saraton kasalligining o‘sishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan bir qator omillarga ishora qilinadi. Shunday qilib, xatolardan biri past sifatli yuvish vositalaridan foydalanishdir. Ayrim insofsiz ishlab chiqaruvchilar vositaga inson organizmi uchun o‘ta zararli - formaldegiddan qo‘shishi mumkin. U esa nafas olish organlari kasalliklarini keltirib chiqaradi, jigarga zaharli ta’sir qiladi, immunitetni pasaytirib, o‘simta rivojlanishiga «turtki» bo‘ladi. Shuning uchun idish-tovoqlarni obdon chayqashga erinmaslik zurur.

Shuningdek, nam, ayniqsa yog‘och idishlarni darhol shkafda qo‘yish yaramaydi - unda kanserogen mog‘or sariq aspergill paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, xelikobakter pilori bakteriyasi ham juda xavfli. Xullas bakteriyalar nam muhitni yaxshi ko‘radi, shuning uchun javonga joylashgan oldin idishlarni artib olgan ma’qul.