IIV Samarqand akademik litseyi qizlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Samarqand akademik litseyida “Bugungi siyosiy jarayonlarda xotin-qizlar mavqei” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

- Hozirgi globallashuv davrida o‘smir qizlar ongida mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish lozim, - dedi “Oila” ilmiy-amaliy markazi shahar bo‘limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi S.Zohidova. – G‘arb madaniyatiga bilib-bilmay ergashayotgan yoshlar o‘zligimizni, momolarimiz qoldirgan urf-odatlarimizni unutmoqda. Oqibatda oilaviy ajrimlar, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir bo‘lyapti. Ayolning jinoyatga qo‘l urishi juda achinarli. Biz qizlarimizni ma’naviyatli, ma’rifatli, bilimli qilib tarbiyalasak, jamiyatimiz taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Davra suhbatida akademik litsey o‘quvchi-qizlariga xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, huquq va burchlari haqida ma’lumot berildi. Bahs-munozara tarzida bo‘lib o‘tgan tadbirda qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Nilufar MALLAYeVA,
litsey xotin-qizlari kengashi raisi.