Ijtimoiy tarmoqlarda davlat tilini haqorat qilgan shaxs qamoqqa olindi

Fuqaro Doniyor Yakubov o‘zi Toyloq tumani hokimligi madaniyat bo‘limida ishlab kelsa-da, 2020 yil 15 mayda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq fikri” nomli guruhda o‘zining profilidan o‘zbek tili va millatini kamsituvchi fikrlarni qoldirgan. Ushbu holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida IIB xodimlari uning uyiga borgan vaqtida u IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, ularga qarshilik ham ko‘rsatadi.

Samarqand shahar ma’muriy sudida unga nisbatan to‘plangan ish 2020 yil 18 may kuni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 42, 194-moddasi 1-qismi va 195-moddalari bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Orif PARDAYeV,

Samarqand shahar ma’muriy sudi raisi.