Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xonanda haqidagi videoga aniqlik kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi san’atkor Avazbek Olimovdan tarqalgan video yuzasidan izoh so‘radi.
A.Olimov haqiqatdan ham xunuk holat sodir bo‘lganini tan oldi. Yo‘l qo‘ygan xatosini inkor etmasdan, o‘z tushuntirish xatida bunday holatni boshqa takrorlamaslikka va’da berdi.
A.Olimovga qayerda, qay holatda bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zini madaniyat sohasi vakiliga munosib tutishi lozimligi uqtirildi.