Ikki qavatdan yuqori bino va inshootlar qurilishi majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi
«O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
2021 yil 1 martdan boshlab ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ob’yektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan hamda ob’yektning Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi.