Ikki viloyat sudyalari videokonferensaloqa orqali tajriba almashdi

Samarqand viloyat sudi jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati va Navoiy viloyati sudi jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati birgalikda “Aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” va “Dastlabki eshituvni o‘tkazish tartibi” mavzularida sud amaliyoti va qonunchilikni qo‘llashdagi masalalar yuzasidan videokonferensaloqa orqali seminar mashg‘uloti o‘tkazdi.
Sud faoliyatidagi mazkur yangi institutlarni samarali qo‘llash uchun avvalo puxta o‘rganish kerak. Har bir sudya o‘qib o‘rgangani alohida masala, lekin bir-biridan o‘rganish, o‘zaro muloqot qilish orqali bilganlarni mustahkamlash, e’tibordan chetda qolgan, to‘la tushunilmagan jihatlarni qamrab olish albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi.
Seminar mashg‘ulotida har ikkala viloyat sudi sudyalari faol ishtirok etdi. Ma’ruzalar tinglandi, munozara, fikr, tajriba almashish qizg‘in davom etdi.
Viloyat sudi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi.