Ikkinchi-beshinchi yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga kirgan talaba birinchi tanlagan oliygohda "superkontrakt" asosida o‘qishi mumkin

Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisi bayoni qaroriga muvofiq, bakalavriatda ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra ustuvorligi bo‘yicha tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan ("SUPERKONTRAKT") to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi.

Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov bo‘yicha ikkinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining birida e’lon qilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning to‘plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.