Ikkinchi mutaxassislikka arizalarni qabul qilish 10 avgustdan boshlanadi

Bu haqda AOKAda bo‘lgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA muxbiri.

Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha bugungi kunda Davlat qabul komissiyasiga taklif kiritilgan. 10 avgustdan boshlab hujjat qabul qilish boshlanadi va bu jarayon ham xuddi bakalavr yoki magistratura kabi onlayn bo‘lib o‘tadi. Hujjatlar avgust oyining oxirigacha qabul qilinadi.

Ikkinchi mutaxassislikka kvotalar belgilanmaydi. OTMga kelib tushgan arizalar sonidan kelib chiqib, qabul yoki suhbat asosida tashkil etiladi yoki agar talabgorlar soni kam bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (imtihonlarsiz) qabul qilinishi ham mumkin.