Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi tasdiqlandi
“O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (693-son, 06.11.2020 yil).
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilinishicha, qaror bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining (Markaz) tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.
✅ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (Akademiya) rektoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
▫️ Shuningdek, Akademiya tarkibidagi Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi tugatilib, uning moddiy-texnika bazasi Markazga berildi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4802-son qarori bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan.