Imtiyoz asosida ish boshlash niyatidagi tadbirkorlar e’tiboriga!

«Urgut» erkin iqtisodiy zonasi Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan tashkil etilgan.

«Urgut» EIZda qiymati 1172,8 million dollarlik 161 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar asosida 11875 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

2024 yilning 1 yanvar holatiga umumiy qiymati 599,3 million dollarlik 85 ta loyiha ishga tushirilib, 6386 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Ushbu korxonalar tomonidan 3833 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 87 million dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi.

EIZ ishtirokchilari qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi?

Soliq imtiyozlari (kiritilgan investitsiya hajmiga qarab):

300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha — 3 yil muddatga;

3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha — 5 yil muddatga;

5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha — 7 yil muddatga;

10 million AQSh dollari va undan ortiq miqdorda - 10 yil muddatga;

Foyda solig‘i to‘lovlaridan esa:

3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda — 3 yil muddatga;

5 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda — 5 yil muddatga;

15 million AQSh dollari va undan ortiq miqdorda - 10 yil muddatga ozod etilishi belgilangan.

Bojxona imtiyozlari

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari investitsiya loyihasi doirasida o‘z faoliyati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan va respublika hududiga olib kirilayotgan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinadi.

Respublikada analogi ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalarni tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha olib kirishda bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) undirilmaydi.

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tovarlarni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini 120 kungacha kechiktirish huquqiga ega.

Siz ham bunday imtiyozlardan foydalanishni istasangiz, «Urgut» erkin iqtisodiy zonasining Samarqand shahri, Urgut, Past Darg‘om, Nurobod, Jomboy, Ishtixon, Qo‘shrabot, Narpay, Oqdaryo, Paxtachi, Toyloq tumanlaridagi bo‘sh yer maydonlarida o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni amalga oshiring.

Sizga quyidagi 574,15 gektar bo‘sh yer maydonlari hududlar kesimida taklif etiladi:

T/r

Shahar va tuman nomi

Massiv nomi

Bo‘sh yer maydoni (ga)

1

 

Urgut tumani

"Sariqtepa"

53,34

"O‘ramas"

10,40

"Tinchlik"

14,71

"Sariqtepa-1"

10,99

"Sariqtepa-2"

69,19

2

Past Darg‘om tumani

"Do‘stlik-1"

1,75

3

Nurobod tumani

"Sazag‘on"

126,00

4

Samarqand shahri

"Xishrav-2"

153,60

5

Jomboy tumani

"Nazar"

32,80

6

Ishtixon tumani

"Ko‘tarma"

12,60

7

Qo‘shrabot tumani

"Chorloq"

5,80

8

Narpay tumani

"Tepa"

1,85

9

Oqdaryo tumani

"Chorloq-2"

2,50

"Dahbed"

7,40

10

Paxtachi tumani

"Nahripay"

60,00

11

Toyloq tumani

"Xo‘jaqishloq"

10,30

«Urgut» EIZda faoliyat yuritish istagida bo‘lgan tadbirkorlar import o‘rnini bosuvchi va eksportbop sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishi lozim.

Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ular bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim va ijara shartnomalarini tuzish bo‘yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Davlat xizmatlari markazlari yoki maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.

«Urgut » EIZda yangi investitsiya loyihalaringizni joylashtirishingizda biz sizga ko‘maklashamiz.

Biz bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin:

+998664831107   +998974087578

Elektron pochta manzilimiz: office@ufez.uz

«Urgut» EIZ direksiyasi manzili: Urgut shahri Navoiy shoh ko‘chasi 104-uy.

Hurmatli tadbirkorlar! Imkoniyatdan foydalaning va o‘z biznesingizni rivojlantiring! 

«Urgut» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi.

#Reklama