Indoneziyada 6,2 balli zilzila bo‘ldi
- 15.01.2021 11:42
- 35
- Xorij
Indoneziyaning Sulavsei orolida sodir bo‘lgan zilzila kamida 10 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, yuzlab jarohat olganlar bor, deya xabar berdi mamlakatning tabiiy ofatlarni bartaraf etish milliy agentligi.
6,2 balli zilzila seysmologlar tomonidan bugun 15 yanvar, mahalliy vaqt bilan soat 02:18 (O‘zbekiston vaqti bilan 00:18) da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Magene shahridan 6 kilometr shimoli-sharqda, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, minglab odamlar boshpanasiz qolgan, kamida 60 ta bino, shu jumladan ikkita mehmonxona, gubernator ofisi va savdo markazi zarar ko‘rgan.
Payshanba kuni ham aynan shu hududda 5,9 balli zilzila sodir bo‘lib, bir nechta uylarga zarar yetgan edi.