Ingliz tilini ashula yordamida ham o‘rganish mumkin

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyida xorijiy tillar fan oyligi o‘tkazilmoqda.

Oylik doirasida ingliz va nemis tillarida namunali ochiq darslar, taqdimot tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu esa ko‘rgazmali vositalar, sahna ko‘rinishlari, mashqlar bajarish orqali o‘quvchilarning xorijiy tillarda erkin gapirish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Ta’lim muassasasida ingliz tili fani o‘qituvchisi Gulchehra Nurovaning “Musiqa bizning hayotimizda” (Muzic in our life) mavzusidagi ochiq darsida o‘quvchilar jahon musiqasi namoyandalari qo‘shiqlarini kuylab, o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Ushbu dars orqali o‘quvchilarning ingliz tilida ravon so‘zlay olishi sinovdan o‘tkazildi.

Bu kabi ochiq darslar litseyning xorijiy tillar fani o‘qituvchilari – G.Ochilova, Z.Fayzullayeva, D.Aliyeva, S.Boyqulovlar tomonidan ham uyushtirildi.

Husan ELTOYeV.