“Inson” - insonga xizmat

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi shahar, tuman “Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga kompleks xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan maskan. Ushbu markazlar orqali fuqarolar ijtimoiy xizmatlar, nafaqa va moddiy yordam, reabilitatsiya dasturlari, bandlikni ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, psixologik va huquqiy maslahatlar berish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar uchun arizalarni qabul qilish va monitoringini yuritish, fuqarolarning shaxsiy holatiga asoslangan alohida rivojlanish rejalarini ishlab chiqish ishlari ham amalga oshiriladi.

Hozir har bir viloyat va tuman markazida shunday markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ular zamonaviy infratuzilma, texnik baza va malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan.

Birgina, Kattaqo‘rg‘on shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga o‘tgan yili qariyb 20 ming ariza tushdi va shundan 15,5 mingta arizaga ijobiy xizmat ko‘rsatildi.

Jumladan, markaz tomonidan og‘ir ijtimoiy holatga tushgan fuqarolarni erta aniqlash va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiylashuvini ta’minlash, hayotga integratsiya qilish, hamma qatori teng va baxtli yashashlari uchun davlatimiz rahbari yaratib bergan imkoniyatlardan foydalangan holda ishlar olib borilmoqda

Bobirjon JAMOLOV,

Kattaqo‘rg‘on shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassisi.