“Internet kafe”ni o‘margan mahalladosh ushlandi

2019 yil 24 aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Urgut tumani Pochvon mahallasida joylashgan “Internet kafe”ga eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirib, u yerdan 2 dona bahosi 7 million so‘mlik “Artel” rusumli televizorlar, 2 dona bahosi 6,4 million so‘m bo‘lgan Playstation o‘yin konsuli (qurilmasi) va 1 dona bahosi 3,2 million so‘mlik notebook (kompyuter)ni, jami bahosi 16,6 million so‘mlik “Internet kafe” egasi, fuqaro E.Fga tegishli mol-mulkni o‘g‘irlab ketadi. Bu haqda Urgut tumani Pochvon mahallasida yashovchi E.F Urgut tumani IIO FMB 2-son IIBga ariza shaklida yozma murojaatida bildirgan, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

   IIO FMB 2-son IIB tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Urgut tumani Pochvon mahallasida yashovchi, mavsumiy ishchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro M.J. sodir etganligi aniqlanib, undan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.

  Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 27 aprel kuni Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan fuqaro M.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.