“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga davlat granti asosida 26 nafar qiz o‘qishga qabul qilindi
- 15.10.2020 18:08
- 156
- Ta’lim
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida “O‘zbegim qizlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Unda dastlab universitet birinchi prorektori Jo‘liboy Eltazarov 1-kurslarni talabalik bilan tabrikladi.
– Bu yil oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga sharoiti yo‘q xotin-qizlarga imtiyozlar berildi, - dedi J.Eltazarov. - Ular uchun ajratilgan davlat granti asosida oliy o‘quv yurtimizga 26 nafar, imtiyoz asosida 2 nafar qiz o‘qishga qabul qilindi.
Tadbirda talaba qizlarning milliy liboslar namoyishi barchaga manzur bo‘ldi. Ularning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim olishlariga barcha imkoniyatlar yaratildi. Pandemiya sharoiti talabalar universitetit platformasi orqali masofadan o‘qitilmoqda. 1-kurslar esa an’anaviy tanishuv darslariga qatnashyapti.
Muhayyo Abbosova.