Turizm va madaniy meros xalqaro universitetning birinchi “qaldirg‘och”lariga diplomlar topshirildi

Xabar qilganimizdek, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 109 nafar talabasi bakalavrlik va 23 nafari magistrlik diplomlarini qo‘lga kiritdi.

Nazariy bilimlarni o‘zlashtirgan bitiruvchilar o‘z ko‘nikmalarini logistika kompaniyalarida, tashkil etilayotgan "Samarqand turizm markazi"da, Event agentliklarida, viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasida, mehmonxona, turli turistik va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyotda qo‘lladilar.

Shu kunga qadar bitiruvchilarning qariyb 100 nafari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashgan.

Diplomlar topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li”turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov ishtirok etdi.