Ipak yo‘lining ikki mashhur shahrida ta’lim olish imkoniyatini beruvchi qo‘shma ta’lim dasturi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Italiyaning Ca’ Foscari Venice universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan xalqaro qo‘shma ta’lim 2+1 dasturi doirasida to‘lov-shartnoma asosida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Mazkur dastur doirasida talabalar bir vaqtning o‘zida ikki universitet talabasi bo‘lish hamda ikki davlat diplomini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Qabul uchun talab etiladigan hujjatlar:
Xorijiy til bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat (asl nusxasi):
— IELTS – Overall score 6.5 or higher (min. 6.0 per band)
— TOEFL iBT – 80 and higher
— Cambridge Assessment English (FCE/B2) – 160 and higher
Attestat yoki diplom;
Pasport nusxasi yoki ID.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:
Italiyaning Ca’ Foscari Venice universiteti (https://www.unive.it/web/en/497/home) bilan hamkorlikda:
61010100 – turizm va mehmondo‘stlik
Dastur afzalliklari:
— Yevropaning yetakchi turistik shaharlaridan biri — Venetsiyada, turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida Top-100 talik universitetida (QS by subject) ta’lim olish imkoniyati;
— Ipak yo‘lining ikki mashhur shahrida ta’lim olish imkoniyati: 2 yil Samarqandda va 1 yil Venetsiyada.
— Dunyoning nufuzli kompaniyalarida haq to‘lanadigan amaliyot (stajirovka) o‘tash imkoniyati;
— Bitiruvchilar uchun keng qamrovli karyera imkoniyatlari (xalqaro turizm bo‘yicha ekspert, mehmonxona menejeri, turizm marketing menejeri va boshqalar).
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Universitet qabul komissiyasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
+998 (66) 240-67-80
Hujjatlar 2026-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.
Hujjatlar onlayn shaklda topshirilishi mumkin.
Hujjat topshirish havolasi:
https://admissions.univ-silkroad.uz/
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy.
*Reklama