Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni raqamlashtirish jarayonida kamchiliklar yo‘q emas

“Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasiga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni raqamlashtirish, davlat axborot tizimlari va elektron xizmatlarni joriy etish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ta’lim, tibbiyot, qishloq va suv xo‘jaligi, davlat xizmatlari, uy-joy va kommunal xizmatlar, bank, moliya tizimlarida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz raisligida 2023 yil 20 dekabrda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan Ishtixon tumani hokimligi hamda tumandagi davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi holati "O‘zkomnazorat"ning viloyat hududiy shu’basi va viloyat hokimligi mutaxassislari ishtirokida o‘rganildi. Jumladan, tuman hokimligi va tasarrufidagi tashkilotlarda joriy qilingan, “Ijro intizomi idoralararo elektron tizimi”, “Ichimlik va oqova suv billing tizimi”, “Qattiq maishiy chiqindi billing tizimi”, “Gaz ta’minoti billing tizimi”, “Elektr ta’minoti billing tizimi”, “Bandlikka ko‘maklashish va ijtimoiy muhofaza qilish integratsiyalashgan tizimi”, “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yagona raqamli ta’lim platformasi - “e-maktab” va “Bolalar bog‘chasi” kabi axborot tizimlaridan foydalanish holatlari o‘rganildi.

Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari hamda axborot xavfsizligi ta’minlanganligi holatlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimligi va tasarrufidagi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xisrav KAMAROV,

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi viloyat hududiy shu’basi bosh mutaxassisi.