Is gazi bir oilaning to‘rt a’zosini olib ketdi
Bugun, 9 yanvar kuni soat 14:04 atrofida G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga tumandagi Ko‘kgumbaz MFYga qarashli Qorong‘ul qishlog‘ida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan D.Sh. xonadoniga chaqiriq qayd etilgan.
Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borganida oila a’zolari, xonadon sohibi D.Sh va uning turmush o‘rtog‘i, 1987 yilda tug‘ilgan N.Sh, 6 yoshli o‘g‘li A.Y. hamda 3 yoshli qizi O.Y.da biologik o‘lim aniqlangan.
Bu haqda Cog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.