Ishtixon va Toyloq tumanlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotayotgan savdo do‘konlari fosh etildi
- 12.07.2024 09:59
- 87
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Tupori” mahallasi hududidagi savdo do‘konida 243,8 mln so‘mlik 87 turdagi jami 5 886 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 43 turdagi 2 035 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vorsin” mahallasi hududidagi savdo do‘konida 79 turdagi jami 868 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 10 turdagi 150 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 8 daqiqa avval
- Mutolaa
Xotin-qizlar sportda bellashdi
- Bugun, 11:58
- Sport
Sudya va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
- Bugun, 11:51
- Samarqand
Samarqand deklaratsiyasi
- Bugun, 11:12
- Dolzarb