Ishtixondagi Zartepa va Safoxo‘ja mahallalarining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Har ikkala bino ham davlat xususiy sheriklik asosida qurildi.
Safoxo‘ja mahalla markazi binosi tadbirkor Shomil Eshonov tomonidan 90 million so‘m mablag‘ evaziga qurildi. Binoda majlislar zali, mahalla raisi, xodimlari va profilaktika inspektori uchun alohida xonalar zamon talablari asosida jihozlandi.
- Shu paytga qadar “Nurli qaynar buloq” MMTP binosida faoliyat yuritib kelar edik, - deydi Zartepa mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nortoji Rahmatov. – Barcha sharoitlarga ega yangi bino qurilishi uchun mahallamizdagi ishbilarmonlar Do‘stbek Yusupov va Izzatilla Ibodullayev tomonidan 100 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi. Ularga mahalla binosi yonidan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun joy ajratib berilgan. Bu yerda maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari va savdo do‘konlari barpo etiladi.
Yil yakunigacha yana 15 ta mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.