Islohotlar, adolat va inson qadriga yo‘naltirilgan muhim hujjat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichini belgilab beruvchi muhim siyosiy-huquqiy hujjat sifatida e’tirof etildi.
Murojaatnomada Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi izchil islohotlar, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson qadrini yuksaltirish hamda mahallalarni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar aniq va tizimli tarzda belgilab berildi.
Davlat boshqaruvini takomillashtirish, ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash, tadbirkorlik va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani Murojaatnomaning dolzarbligini yanada oshirdi.
Shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, raqamli texnologiyalar, ekologiya va xavfsizlik sohalarida belgilangan aniq vazifalar mamlakatimizning uzoq muddatli strategik rivojlanish maqsadlariga xizmat qiladi.
Mazkur Murojaatnoma davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda butun jamiyat oldiga katta mas’uliyat yuklaydi. Unda belgilangan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlarni to‘liq va sifatli amalga oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va davlatimiz qudratini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Murojaatnoma mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimizning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lidagi islohotlarga kuchli turtki beradigan muhim dasturiy hujjat sifatida keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Himmat Oqbo‘tayev,
"Adolat" SDP viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.