Isroil Eronga harbiy zarba berishga tayyorlamoqda. Yevropa Ittifoqi xavotirda: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi mumkin. Saratonga chalingan dunyoning eng kambag‘al prezidenti davolashdan bosh tortdi

🔹 OAV Isroil Eronga navbatdagi zarba berishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqda xabar tarqatmoqda.

🔹 Yevropa Ittifoqi, agar Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishsa, Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar bekor qilinishidan xavotirda.

🔹 Hindiston Mudofaa vaziri Rajnat Singx 150 dan ortiq davlat elchilari va oliy komissarlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazadi. Uchrashuvning asosiy mavzusi fevralda o‘tadigan eng yirik Aero India 2025 harbiy va fuqarolik aerokosmik ko‘rgazmasidir.

🔹Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Germaniyada mamlakatda demokratiyaga xavf tug‘diruvchi odamlar va tashkilotlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni "egalladi".

🔹 Ukraina muzlatilgan Rossiya aktivlaridan dastlabki 3 milliard yevroni YeIdan oldi.

🔹 Urugvayning sobiq prezidenti Xose Muxika saraton kasalligini davolashdan bosh tortdi. "Dunyoning eng kambag‘al prezidenti" sifatida tanilgan 89 yoshli Xose Muxikaning aytishicha, uning qizilo‘ngach saratoni butun tanasiga ta’mir qilmoqda. U umrining qolganini fermasida o‘tkazib, so‘nggi kunigacha mehnat qilmoqchi. Prezidentlik davrida ham (2010–2015) u fermada yashagan, maoshining 90 foizini xayriya ishlariga sarflagan va eski mashina haydagan. O‘z e’tiqodiga sodiq qolgan holda senatorlik pensiyasidan bosh tortgan.