Isroil G‘azoda keng ko‘lamli quruqlik operatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Turkiyaning 15 million fuqarosi hibsga olingan Istanbul meri uchun prezidentlikka nomzod sifatida ovoz berdi

🔹 Isroil G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiya rejalashtirmoqda. Yahudiy davlati rahbariyati Falastin anklavining muhim qismini qo‘lga kiritish va ushlab turish HAMAS harakati ustidan yakuniy g‘alabaga erishish imkonini beradi, deb hisoblamoqda. 18 mart kuni Isroil armiyasi G‘azoda jangovar harakatlarni davom ettirib, anklavga yirik havo hujumlarini boshladi. Misr esa Isroil va HAMAS uchun garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektoridagi janglarni tugatishga qaratilgan yangi reja tayyorlamoqda.

🔹 Hibsga olingan Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘li Turkiyaning asosiy muxolifat partiyasi boshlang‘ich saylovida eng ko‘p ovozni qo‘lga kiritib, 15 millionga yaqin ovoz to‘pladi. Imomo‘g‘li va uning bir necha o‘nlab tarafdorlari 19 mart kuni korrupsiyada gumonlanib hibsga olingan edi. Turkiyalik siyosiy tahlilchilar Istanbul merini amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning asosiy raqibi sifatida ko‘rsatmoqda. Anqara meri Mansur Yavas Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olinishi ortidan muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqirdi. Ayni paytda yirik shaharlardagi millionlar norozilik namoyishi ziddiyatli tus olmoqda.

🔹 Bugungi AQSh va Rossiya delegatsiyalarining Ar-Riyoddagi uchrashuvidan so‘ng AQSh Ukraina bilan ikkinchi raund muzokaralarni o‘tkazadi. Ayni paytda Ukraina delegatsiyasi Ar-Riyodda bo‘lib, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar natijalarini kutayotgani aytilmoqda.

🔹 Germaniya, Yaponiya, Polsha va Janubiy Koreya yadroviy urushga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘z yadro bombasi haqida o‘ylamoqda, deyladi «Financial Times»da. “Bu Buyuk davlatlarning yadroviy qurollarni tarqatmaslik haqidagi konsensusiga puturdir. Tramp fenomeni AQSh bilan ittifoqdosh mamlakatlar ovozi uchun kuchli katalizatorga aylandi va ularda o‘z yadro quroli Amerika ishonchsizligi muammosining asosiy yechimi ekanligiga ishonch ortadi. Agar Yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasi qisman AQSh kafolatlarini olib tashlaganligi sababli parchalansa, dunyoda 15-25 yadroviy qurolga ega davlat - "halokatli yadro urushi xavfi" oshishi shubhasiz».

🔹 Janubiy Koreya 4 kishining hayotiga zomin bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari sababli uch mintaqada tabiiy ofat e’lon qildi. 500 kishi evakuatsiya qilingan, yuzlab uylar yonib ketgan.

🔹 AQSh vitse-prezidenti J.Vensning OAVlariga aytishicha, Tramp ma’muriyati Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga kiritish niyatida va bunga erishish uchun hamma narsani qiladi.

🔹 Moskva markazida, elita Roza Rossa turar-joy majmuasida yong‘in chiqdi. Yong‘in binoning tomi va yuqori qavatlarini qamrab olgan.

🔹 Turkmaniston ayollari sariq rangga «burkanadigan» bo‘ldi. Radio Azatlikka ko‘ra, mamlakatda turmush qurgan ayollar sariq ko‘ylakda, turmushga chiqmagani esa sariq ro‘molda yurishi shart. Kompaniyalar rahbariyati yangi qoidani joriy qilish sabablarini tushuntira olmay, “buyruq yuqoridan keldi” deyish bilan cheklanmoqda. Bu mamlakatda rioya etmaslik noxush oqibatlarga olib keladigan norasmiy cheklovlarning birinchi holati emas.

G.Xoldorova tayyorladi.