Isroilda terakt: ikki kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi
- 28.03.2022 14:43
- 90
- Xorij
Isroildagi Hadera shahrida terrorchilik hujumi amalga oshirildi: ikki kishi yo‘lovchilarga avtomatdan o‘q uzdi. Ikki politsiyachi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi.
Hodisa uchun javobgarlikni ko‘plab mamlakatlarda taqiqlangan “Islomiy davlat” o‘z zimmasiga oldi. Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet fuqarolarni hushyor bo‘lishga chaqirdi va mamlakat xavfsizlik kuchlari yangi tahdidga moslashishi kerakligini aytdi.
Haderadagi hujum so‘nggi ikki hafta ichida Isroilda sodir etilgan to‘rtinchi teraktdir. Bu AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken hamda Isroil, Marokash, Bahrayn, Misr va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi sammit fonida yuz berdi. Uchrashuv yakshanba kuni mamlakat janubidagi Negev cho‘lida bo‘lib o‘tdi.
2020 yil sentyabr oyida Quddus Vashington vositachiligida BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Keyin Sudan va Marokash ham shu haqda e’lon qilishdi.
«Ibrohim kelishuvi» deb nomlangan ushbu shartnomadan oldin Misr va Iordaniya yahudiy davlati bilan diplomatik aloqalarni saqlab turgan yagona arab davlati edi.