Iste’molchilar huquqlari qanday himoya qilinmoqda?

Viloyatda ayni faoliyat bilan shug‘ullanuvchi hududiy birlashma tomonidan 2023 yilda 3 297 ta murojaat o‘rganilib, ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga 18,7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan.

Shundan 7 holatda sudlarga da’vo arizalari kiritilib, iste’molchilarning buzilgan huquqlari tiklangan va 6,7 milliard so‘mdan ortiq iste’molchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararning oldi olingan.

Bundan tashqari, hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilgan tadbirlarda 92 ta savdo ob’yektlarida 3 330 dona qiymati 1,5 milliard so‘m bo‘lgan iste’molga yaroqsiz mahsulotlar savdodan olingan.

Shundan 18 ta savdo ob’yekti rahbarlariga ogohlantirish berilib, muddati o‘tgan tovarlar ixtiyoriy ravishda utilizatsiya qilingan.

32 ta savdo ob’yekti rahbarlariga ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan, 42 ta savdo ob’yekti bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan prokuratura idoralariga ma’lumot kiritilgan.