"Istiqlolni kuylaymiz” nomli ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan shu nomdagi ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Unda nomzodlar ikkita nominatsiya – xonandalik (milliy estrada, an’anaviy xonandalik) va raqs ijrochiligi san’ati bo‘yicha shahar va tumanlarda istiqomat qilayotgan san’atkorlar, madaniyat markazlari xodimlari, bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari qatnashdi.
Tanlov Samarqand shahridagi «Nurafshon» madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi.