Italiyada kuchli bo‘ron suv toshqinlarini yuzaga keltirdi

Kuchli siklon Italiyaning Florensiya va Piza shaharlaridan o‘tuvchi Arno daryosi suv sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Pizadan o‘tuvchi Arno qirg‘oq bo‘ylari qum to‘ldirilgan qoplar yordamida mustahkamlanmoqda.

Shahar meri aholini uyda qolish va zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni so‘rab murojaat qildi. Arno daryosidan o‘tuvchi ko‘priklarni yopishni buyurdi.

Suvning ko‘tarilishi, ayniqsa, Florensiya uchun o‘ta tahlikali bo‘lmoqda. Mashhur Uffitsi galereyasi joylashgan hududda Arno darajasi so‘nggi 20 yil ichida rekord darajaga - bir yarim metrdan yuqoriga ko‘tarildi, deya xabar beradi «Assoshieted Press».

Venetsiyada tashrif buyuruvchilar uchun ehtiyot chorasi sifatida ba’zi diqqatga sazovor joylar, xususan, Italiya Renessansi hisoblangan - Boboli bog‘lari yopildi. Shuningdek, San-Marko maydoni hamda Avliyo Mark cherkoviga kirish ham yopiq. Butxonaning yerto‘la qismi derazalari qo‘m to‘ldirilgan qoplar bilan to‘sib qo‘yildi.

Xuddi shunday holat Italiyaning boshqa mintaqalarida ham kuzatilmoqda. Moden va Boloniyada yuzlab odamlar evakuatsiya qilindi va mahalliy temir yo‘l harakati to‘xtatildi.

Rasmiylar tabiiy ofatdan ko‘rilgan zararni 10 million yevroga baholamoqda.

G.XOLDOROVA tayyorladi.