Ixtisoslashgan maktabga o‘quvchilar qabul qilindi

Samarqand shahrida yangi ochilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘qish istagida bo‘lgan o‘quvchilar uchun joriy yilning 9-10 yanvar kunlari test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Unda 220 nafar 7-sinf o‘quvchilari va 240 nafar 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Imtihon savollari 20 ta matematika, 10 ta ona tili fanidan tuzildi. 

Ixtisoslashtirilgan maktabga 7- va 8-sinf o‘quvchilari 60 nafardan, jami 120 nafar qabul qilindi.

- Maktabda kunning birinchi yarmida dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, - deydi maktab direktori o‘rinbosari Isomiddin Nusratov. – Tushlikdan keyin o‘quv dasturiga ko‘ra, o‘quvchilar sport bilan shug‘ullanadi, dars tayyorlaydi, to‘garak­larda qatnashadi. 

O‘quvchilarga kunning uzun yoki qisqaligiga qarab 3-4 mahal ovqat beriladi. Ota-onalardan har oyda bir bazaviy hisoblash miqdorida oylik to‘lov olinadi. Maktabning boshqa xarajatlari davlat tomonidan ta’minlanadi. 

O‘quvchilar maktab yotoqxonasida yashaydi. Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi o‘quvchilar dars va mashg‘ulotlar tugagach, uyiga ketishga ruxsat beriladi. 

Xurshida ERNAZAROVA.