Ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning 14 ta filiallari tashkil etiladi
Bugun “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2023 yil 1 oktyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi, Respublika “Ona va bola skrining” markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi.
Shuningdek, hududiy perinatal, aholi reproduktiv salomatligi hamda “Ona va bola skrining” markazlari negizida ushbu markazning 14 ta hududiy filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.