“Jadidlar” Samarqandga ham yetib keldi
Yaqindagina Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ma’rifatparvar jadid allomalarimizning ilmiy merosini ommalashtirish maqsadida “Jadidlar” rukni ostida kitoblar to‘plami nashr etilgan edi.
Qisqa vaqt ichida ushbu to‘plab haqda ko‘pchilik xabar topdi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mazkur to‘plam yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar hamda boshqa ijodkorlarga sovg‘a tariqasida yetkazilishi ham uning ommalashishiga sabab bo‘ldi.
Bugun Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Husan To‘xtayev tomonidan mazkur to‘plam “Zarafshon” gazetasi hamda Zarnews.uz sayti jamoasiga yetkazildi.
23 ming nusxada chop etilgan to‘plam 8 nafar ma’rifatparvar jadid allomalarimizning hayoti va ijodi o‘rin olgan alohida kitoblardan iborat.
O‘ylaymizki, tez orada kitob yurtimizning barcha hududlaridagi kutubxonalarga ham yetkazilib, birin-ketin o‘quvchilar xonadonlarigacha kirib boradi.