Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriya Samarqandga keldi
- 16.11.2019 12:13
- 78
- Samarqand
Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriya boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrifining ikkinchi kunida qadimiy Samarqand shahriga keldi.
Kunio Mikuriya mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etib, uning qabriga gul qo‘ydi. So‘ng Amir Temur maqbarasi, Registon majmuasini tomosha qilishdi.
– Meni bu tarixiy shahar hayratda qoldirdi, – dedi Kunio Mikuriya. – Registon ansambli Londondagi tarixiy Oksford universitetidan ham ko‘hna ekan. Shaharning tarixiy yodgorliklarida foydalanilgan ranglar jilosi o‘zbek me’morlarining yuqori salohiyat sohibi ekanliklaridan dalolat beradi. Hunarmandchilik, o‘ymakorlik va naqqoshlik san’ati namunalari menga ona yurtim – Yaponiyani eslatib yubordi.
Shuningdek, mehmonlar Shohizinda majmuasi, Afrosiyob muzeyi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida ham bo‘lib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.
G‘ayrat SATTOROV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa