Jahon bozorida oltinning narxi oshmoqda

Oxirgi kunlarda dunyo bo‘ylab sodir bo‘layotgan geosiyosiy voqealar fonida eng ishonchli aktiv sifatida, jahon bozorida oltinning narxi oshib bormoqda.

Kecha 24 iyun kuni London birjasida ushbu qimmatbaho metalning narxi 1.4 foizga oshdi va bir unsiyasi 1739.21 dollarga baholandi. Bu narx 2013 yildan buyog‘iga maksimal rekord narx bo‘ldi.

Kumushning narxi esa aksincha 0.3 foizga arzonlashdi. Platina ham 0.2 foizga arzonladi. Palladiy esa 0.8 foizga arzonlashdi.

Eslatib o‘tamiz, "Troya unsiyasi" deb o‘lchanadigan bir unsiya o‘lchovi 31.01 grammga teng bo‘ladi.