Jamadonda topilgan murda jinoyati bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi
2020 yil 8 avgust kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida sayohat jamadonida 52 yoshli samarqandlik erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura matbuot xizmati, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida ma’lum qildi.
Tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan JKning 97, 169, 227 va 241-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.