Janubiy koreyalik mutaxassislar Samarqandda tibbiy ko‘rik o‘tkazib, MTMlar faoliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi

O‘zaro hamkorlik davomida Janubiy koreyalik shifokorlar va mutaxassislar o‘zaro tajriba almashishadi, qo‘shma seminar o‘tkazib, qandli diabet profilaktikasi va zamonaviy davolash usullari borasida bilim almashishadi.

Shifokorlar 19-25 iyul kunlari 2-sonli oilaviy poliklinikada soat 10:00 dan 17:00 gacha bemorlarni qabul qiladi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarini yuritishda tajriba almashish maqsadida 4 dan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan mahalliy pedagoglar ishtirokida turli rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Bundan tashqari “Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarni rivojlantirish uslublari” mavzusida seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida koreyalik mutaxassislar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan bolalar va ularning ota-onalari uchun ijtimoiy-madaniy tadbirlar o‘tkazadi.

Ushbu tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha Janubiy Koreyaning “YOUNGONYe CORPORATION ” kompaniyasi va Samarqand shahri hokimi tomonidan joriy yilning aprelida Seulda rejalashtirilgandi.

YOUNGONYe kompaniyasi tadbirlar bilan bog‘liq barcha harajatlarni o‘z zimmasiga olgan.

Mazkur kompaniya uch yildan buyon O‘zbekistonda investitsion faoliyatini yuritib kelmoqda. U "SAMARKAND APPARYeL", "BUKA SPORTSWYeAR", "BOFANDA" va "YeL MYeROSI SAMARKAND" kompaniyalarining muassisi hisoblanadi.