Javohir Sindorov – Ergash Jumanbulbul avlodi
Unda jahon va Osiyo chempionati g‘olibi, xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov ishtirok etmoqda va samarqandlik yosh shaxmatchilar uchun mahorat mashg‘uloti (master-klass) o‘tkazmoqda.
- Samarqand zaminida yashab, ijod qilgan mashhur oqin Ergash Jumanbulbul o‘g‘li avlodi ekanimdan faxrlanaman, - deydi Javohir Sindorov. – Shuning uchun bu tabarruk ota yurtimga kelish, bu yerda tengdoshlarim bilan suhbatlashish, ularga bilganlarimni o‘rgatish, shaxmat doskasi orqali bahslashish menga huzur bag‘ishlaydi.
Jahonning eng yosh grossmeysteri musobaqa davomida, shuningdek, yaqinda Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasi va unda erishgan muvaffaqiyatlari haqida gapirib berdi.