Jeff Bezos kompaniyasi kosmik parvoz uchun onlayn savdolarni ochmoqda

Blue Origin 20 iyul kuni uchishi rejalashtirilgan New Shepard suborbital kosmik kemasida o‘ynaladigan bitta yo‘lovchi o‘rindig‘i uchun onlayn-kimoshdi savdosini boshladi.

"New Shepard kemasi 20 iyul kuni birinchi astronavtlar ekipaji bilan koinotga uchadi. Blue Origin onlayn-kimoshdi savdosi g‘olibiga ushbu sayohatda bitta joyni taqdim etamiz", deyiladi kommyunikedagi xabarda.

"Chipta"ga buyurtma berish uchun kompaniyaning veb-saytiga kirish tavsiya etiladi. Ta’kidlanganidek, savdo uch qismdan iborat bo‘lib, ulardan birinchisida 5 maydan 19 maygacha istaganlar murojaat qilishi mumkin. Buyurtmalar, shuningdek, ko‘rsatilgan summalar boshqa ishtirokchilarga ma’lum bo‘lmaydi. Ushbu ma’lumotlar 19 may kuni e’lon qilinadi. Shundan so‘ng savdoni davom ettirish istagida bo‘lganlar birinchi bosqichning maksimal narxidan oshadigan narxni taklif qilishlari kerak. «Yagona yo‘lovchi» o‘rindig‘ining yakuniy taqdiri 12 iyun kuni onlayn-savdo paytida aniqlanadi.

Blue Origin kompaniyasi 15 ta New Shepard sinov parvozini amalga oshirgan, oxirgisi aprel oyi o‘rtalarida bo‘lgan edi.

G.Xoldorova tayyorladi.