Jerar Deparde o‘z jamoasi bilan Samarqandga keldi

Bugun, 11 noyabr kuni mashhur fransuz aktyori Jerar Deparde boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga keldi.

Mehmonlarni temiryo‘l vokzalida turizmni rivojlanitirish bo‘yicha hokim o‘rinbosari B.Nurullayev boshchiligidagi jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi.

Aktyorning tashrifidan maqsad O‘zbekiston haqida hujjatli film sur’atga olish va uni fransuz, o‘zbek telekanallarida namoyish qilishdan iborat.

"Ipak yo‘li" nomli loyihasi asosida suratga olinadigan ushbu film O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Fransiyaning "B-Tween" kompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.

Ta’kidlash joizki, hujjatli film Fransiya jamoatchiligini Samarqandning madaniy va tarixiy merosi, o‘zbek xalqining an’analari bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Bu esa Fransiyadan mamlakatimizga keladigan sayyohlar oqimini yanada oshiradi.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Jerar Deparde Fransiyada O‘zbekiston turizmi elchisi hisoblanadi.