Jomboyda kanal bo‘ylarini ta’mirlashdagi talon-torojliklar aniqlandi
- 10.02.2023 16:10
- 198
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan tuman irrigatsiya bo‘limida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida “M.Y.” MChJ rahbari M.B. tuman irrigatsiya bo‘limi mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, irrigatsiya bo‘limi balansidagi kanallarni joriy ta’mirlash va tozalashda haqiqatda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali soxta hujjatlarni rasmiylashtirgani aniqlangan. Oqibatda “M.Y.” MChJ tomonidan 1,4 mlrd. so‘m o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tadbirkor bo‘lish uchun eng zarur narsa nima?
- 2 soat avval
- Iqtisodiyot
Беморлик билим олишга тўсқинлик қилолмайди
- Bugun, 17:53
- Ta’lim
Ibratga to‘la xazina
- Bugun, 11:31
- Mutolaa