Jomboyda "ZIL" avtomobili ishtirokidagi YTHda piyoda halok bo‘ldi
- 06.01.2020 10:28
- 170
- Hodisa
2020 yil 4 yanvar kuni soat 21:10 larda Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidan o‘tgan M-39 “Olmata-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1071-kilometrida, haydovchi, Toyloq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan N.N. “ZIL-130” rusumli avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Bulung‘ur tumanida yashagan, 1959 yilda tug‘ilgan Q.B.ni urib yuborgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, piyoda Q.B. voqea joyida halok bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi fuqaroning yo‘lni piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallanmagan joyidan mast holda kesib o‘tishi oqibatida sodir etilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa