Joriy yil mamlakatimizning paxta yetishtirish ko‘rsatkichi 99,4 foizni tashkil etdi
Respublikada joriy yilda 1 million 34 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinib, 3 million 82 ming tonna yoki 2019 yilga nisbatan 109 % paxta xomashyosi yetishtirildi.
Farg‘ona 107,7 %
Xorazmda 106,7 %
Andijonda 106,6 %
Namanganda 105,1%
Toshkentda 104,4 %
Samarqandda 103,6%
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiyda 102,7 %
Jizzaxda 100,7 %
Qashqadaryoda 95,8 %
Sirdaryoda 93,5 %
Buxoroda 89,1 %
Surxondaryoda 82,3 % paxta hosili terib olindi.
Paxta yetishtiruvchi 136 ta tumandan paxta yig‘im-terimini tizimli tashkil etgan 104 tasi, 97 ta paxta-to‘qimachilik klasteridan 78 tasi, 11 ta paxta kooperatsiyasidan 8 tasi hamda 29 mingta fermer xo‘jaliklaridan 23,0 mingtasi shartnomani bajardi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi bergan ma’lumotga qaraganda, respublikada har gektar paxta maydonida o‘rtacha hosildorlik 29,8 sentnerni tashkil qildi.
Joriy yilda faoliyat yuritgan 97 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 927 ming gektar maydondan 2 million 794 tonna va 11 ta kooperatsiyalar tomonidan 106,6 gektar maydondan 288 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirildi.